Amerikalik erkak shaqildoq ilon bilan selfidan so‘ng kasalxonaga tushdi.

Kaliforniyaning Leyk-Elsinor shahrida yashovchi 36 yoshli Aleks Gomes shaqildoq ilon bilan selfiga tushishga urinishdan so‘ng, kasalxonaga tushdi.

Kaliforniyaning Leyk-Elsinor shahrida yashovchi 36 yoshli Aleks Gomes shaqildoq ilon bilan selfiga tushishga urinishdan so‘ng, kasalxonaga tushdi. Bu haqda CBS Los Angeles xabar beradi.

Bir metrlik sudralib yuruvchini uchratib qolgan Gomes, uni qo‘liga oldi. U bilan suratga tushishga uringanda, ilon uni chaqib oldi. Shundan so‘ng u chidab bo‘lmas og‘riqni his qildi va qo‘li shishib ketdi. Tanasida sanchiq turdi.

Gomes kasalxonaga yetkazilganda, shifokorlar unga zaharga qarshi dori berdi. Biroq, uning onasining so‘zlariga qaraganda, erkak qo‘lidan ajralib qolishi mumkin.

Manba:Daryo

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *