Audi sakkiz yo‘lovchiga mo‘ljallangan olti eshikli kabrioletni namoyish etdi.

Foto: carscoops

Audi kompaniyasining Germaniyadagi bo‘linmasi olti eshikli, sakkiz yo‘lovchiga mo‘ljallangan A3 kabrioletini namoyish etdi

Audi kompaniyasining Germaniyadagi bo‘linmasi olti eshikli, sakkiz yo‘lovchiga mo‘ljallangan A3 kabrioletini namoyish etdi. Kabrioletga asos sifatida kompaniya bugungi kundagi A3ni emas, uning 2007-yilda chiqarilgan nusxasini tanladi. Bu haqda Carscoops nashri ma’lumotlari asosida “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Avtomobil yagona nusxada tayyorlangan: u nozikta’b mijoz buyurtmasimi yoki yangi avlod kabrioleti, hozircha oshkor etilmayapti. Yangilikning texnik xususiyatlari va bozorga chiqarilish imkoniyatlari haqida ham izoh berilmagan.

Manba:Daryo

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *