YeChL pley-off bosqichi. “MYu” “Bryugge”ni, “Bayyer” esa “Latsio”ni yirik hisobda yengdi.

Chempionlar ligasida saralash o‘yinlari yakuniga yetdi. Unga ko‘ra “Manchester Yunayted” raqibi “Bryugge”ni yirik hisobda mahv etdi va guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Uff.uz” xabar beradi.

Mankunianliklar safida Ueyn Runi xet trik qayd etgan bo‘lsa, bitta gol Errera hisobiga yozildi. “Bayyer” esa javob o‘yinida “Latsio”ni sochib tashladi. Nemis klubi italiyaliklar darvozasiga javobsiz uchta gol kiritgan.

Shuningdek, saralash doirasidagi yana bir o‘yinda BATE “Partizan”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lsada, o‘z uyida 1:0 hisobida yenggani tufayli, safardagi gol hisobiga guruh bosqichiga yo‘l oldi.

SSKA esa “Sporting”ni yengishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba:Daryo

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *